Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xushxabar


Joriy yilning 19-25- dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu chempionatda Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 2-bosqich Ogʻir atletika yoʻnalishi talabasi Bardiyev Hasanboy -81 kg vazn toifasida ishtirok etib, Osiyo chempioniga aylandi.

Uning natijalari:

Dast koʻtarish mashqida  156 kg – Oltin medal
Siltab koʻtarish mashqida 187 kg – Kumush medal
Ikki kurash natijasi – 343 kg – Oltin medal

Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan chempion talabamizni hamda uning murabbiylarini chin dildan qutlaymiz va galdagi nufuzli musobaqalarda ham yuqori marralar tilaymiz! 

Ulashish