Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda xalqaro matematika markazi tashkil etiladi


Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Pekin universiteti Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi direktori, akademik Tian Gang va ushbu ilmiy tadqiqot markazning professorlari bilan Urganch davlat universiteti rahbariyatining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Senatining fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi B.Abdullayev, AQShning Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov, Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti va  Pekin xalqaro matematika ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda UrDUda xalqaro matematika markazini tashkil etish, markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va u yerda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama etilib, kelishuvlarga erishildi. 

 

Ulashish