Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar uchun malakaviy seminar tashkil etildi


Bugun, 4-yanvar kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari tyutorlarining bilim saviyasi va malakasini oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarni Urganch davlat universiteti rektori v.v.b S.Xodjaniyazov kirish so’z bilan ochib berdi. 

Mazkur seminarda Xorazm viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Z.Sa'dullayev, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining Xorazm viloyati hududiy bo’limi rahbari G.Ashirova, Urganch davlat universitetidan oliygoh birinchi prorektori D.Ibadullayev, amaliyotchi psixologi M.Avezova, profilaktika inspektori D.Sapayev hamda boshqa oliy ta'lim muassasalarining mas'ullari tomonidan oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari, HEMIS axborot tizimida shaxsiy sahifasini yaratish, talabalarning psixologik portretini shakllantirishda tyutorlar bilan hamkorlik hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Ulashish