Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Intensiv trening


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi tomonidan“Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” bo‘yicha intensiv trening bo'lib o'tdi.2025-yil 9-yanvardan 11-yanvargacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusida intensiv trening o'tkazildi. Treningda Urganch davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri R.Abidova, kafedra o‘qituvchilari F.Masharipova va U.Axmedovalar ishtirok etishdi. Trening ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, 160 nafar o‘qituvchi loyiha doirasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.Dastur doirasida xorijiy mutaxassislar Thom Kiddle, Emma-Jayne Robinson, Lisa Mann, Jamilya Gulyamova va Saida Irgashevalar o‘z mahoratlari va tajribalarini ishtirokchilar bilan o'rtoqlashishdi. Bu loyiha O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Ulashish