Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Texnika fakulteti moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi


Bugun, 15-fevral kuni Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari San‘atbek Salayev Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Texnika fakultetida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida fakultetning moddiy-texnik bazasi, talabalarning o‘qishi uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda talabalar turar joyidagi qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.

Aytish joizki, Texnika fakulteti bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, bu esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashiga imkon yaratadi. Ayniqsa, texnika sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun laboratoriyalar muhim ahamiyatga ega, chunki bu ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.  

Tashrif davomida fakultet professor-o‘qituvchilar tomonidan fakultet olimlarining ilmiy ishlanmalari taqdimot qilindi. Bu ishlanmalar texnika sohasidagi innovatsion yondashuvlar, yangi texnologiyalar va ilmiy izlanishlar natijalari hisoblanadi. S.Salayev taqdim etilgan ilmiy ishlanmalarni yuqori baholab, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish, ya’ni amaliyotga joriy qilish zarurligini ta’kidladi va bu borada viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini, zaruriy  imkoniyatlarni yaratishga ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shu tariqa, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya mustahkamlanadi, bu esa umuman olganda, mintaqaning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tashrif davomida 6-son talabalar turar joyini borib ko‘rdi va o‘z tavsiyalarini berdi.













Ulashish