Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bepul tayyorlov kurslarida o‘qitilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi "Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to’g’risida"gi  18-son buyrug’i ijrosi yuzasidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi.

Urganch davlat universitetiga Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan hamda Qoʻshkoʻpir tumanlari biriktirilgan bo'lib, bugungi kunda jami 170 nafar bitiruvchi sinf o'quvchilariga 11 ta fandan universitet professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlov kurslari olib borilmoqda. Ushbu kurslarning faoliyati universitet rahbariyati tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Ushbu tayyorlov kurslari orqali abituriyentlarni oliy ta'limga tayyorlashdan asosiy maqsad - ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, iqtidorli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan yoshlarning universitetlarga kirish imkoniyatini oshirish, bilim darajasini yanada mustahkamlashga yordam berishdan iboratdir. 

Ulashish