Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitetda “Korrupsiyasiz ta'lim” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi


Bugun, 13-mart kuni Xorazm viloyati prokurorining o‘rinbosari X.Norqobilov tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida  “Korrupsiyasiz ta'lim” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarni amalga oshirishning ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritilib, O‘zbekistondagi ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda universitet jamoasining o‘rni va mas'uliyati muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun samarali va tizimli choralar ko‘rish, ta'lim sohasida ushbu kurashning muhimligini ta'kidladi. Barcha ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shu bilan birga, universitetlar jamoasini bu boradagi tashabbuslarga faol jalb qilish zarurligi ta'kidlandi.

Aytish joizki, bugungi kunda barcha hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha izchil va kompleks choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonlarda ta'lim tizimi hamda universitetlarning o‘rni nihoyatda katta. Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha jamoatchilik, davlat organlari, o‘qituvchilar va talabalar birgalikda faol ishtirok etishi zarur.

Ulashish