Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar bahori - 2025” universitet bosqichi bo'lib o'tdi


Bugun, 24-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Talabalar bahori” haftaligi doirasida sportning futbol, shaxmat, stol tennis, street workout, voleybol, armrestling turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. 

Musobaqalar oldidan ochilish marosimi o'tkazildi. Unda oliygoh rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov kirish so’z bilan ishtirok qilib, haftalikning yoshlar o’quv faoliyatidagi ahamiyati haqida to’xtaldi hamda barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqalardan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyatini, harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirishga yordam berishdan iboratdir.


Ulashish