Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi Janubiy Afrikada joylashgan Limpopo universitetiga tashrif buyurdi


Ayni paytda Janubiy Afrikada xizmat safarida boʻlib turgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya, Limpopo davlat universitetiga tashrifi doirasida mazkur universitetning rektori, professor Mahlo Makgalong hamda universitet rahbariyati va fakultet dekanlari bilan uchrashdi.

Unda ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda ilmiy yoʻnalish boʻyicha hamkorlikni oʻrnatish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, birgalikda turli vebinarlar va simpoziumlar tashkil qilish, shuningdek, matematika va kompyuter ilmlari, qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar, lingvistika, tarjimashunoslik hamda iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma imzolandi. 

Ushbu shartnoma ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish, sohalararo hamkorlikni mustahkamlash va turli ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish imkoniyatlarini yaratish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Ulashish