Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Akademik va yoshlar” mavzusida seminar oʻtkazildi


Bugun, 15-aprel kuni  Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, f-m.f.d. Qodir Gʻulomov hamda f-m.f.d, professor, akademik Bobomurot Ahmedovlar universitet talaba-yoshlari bilan bevosita muloqot qilib, ilm-fan, ta’lim va ilmiy izlanishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

Dastlab “Akademik va yoshlar” uchrashuvini universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zafarbek Ibragimov ochib berib, talabalarni olimlar bilan yaqindan tanishtirdi. 

Seminarda akademiklar yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning ilmiy izlanishlar olib borishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi. Ular nafaqat ilmiy ishlarda muvaffaqiyatlarga erishish, balki ijtimoiy faoliyat va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdilar. Yoshlarning ilm-fan sohasida o‘zlarini sinab ko‘rishi, tadqiqotlar olib borish va yangi g‘oyalarni amalga oshirishda liderlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Akademiklar ilm-fan va bilim insonning dunyoqarashini kengaytirish, yangi imkoniyatlar yaratish va jamiyatni rivojlantirishda asosiy omil ekaniga alohida urg‘u berdilar. Talabalarga yangi bilimlarni o‘rganishga intilishlari kerakligini ta’kidladilar. Bu borada yoshlar uchun  yurtimizda amalga oshirilayotgan imkoniyatlarni e‘tirof etdilar.

Akademiklar bilan uchrashuvda Fizika-matematika fakulteti  professor-o‘qituvchilari hamda Fizika yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.





Ulashish