Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Mashinasozlikning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi


Bugun, 18-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnika fakulteti tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou Jiaotong universiteti hamkorligida “Mashinasozlikning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu nufuzli anjumanda Lanzhou Jiaotong universitetidan professor Zhang Guojin boshchiligida bir guruh yetakchi olimlar ishtirok etdi.

Dastlab, konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z. Ibragimov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyevlar kirish so‘zlari bilan ochib berib, bunday ilmiy hamkorliklar nafaqat universitetlararo aloqalarni mustahkamlash, balki mashinasozlik sohasida dolzarb ilmiy muammolarga innovatsion yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Konferensiya davomida ishtirokchilar mashinasozlik sohasidagi zamonaviy muammolar, raqamli texnologiyalarni sanoatga joriy etish, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt asosida ishlovchi texnologiyalar, energiya samaradorligi va ekologik muhofaza kabi yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqot natijalari bilan taqdimotlar orqali o‘rtoqlashdilar.

Mehmonlar tomonidan Lanzhou Jiaotong universitetida amalga oshirilayotgan ilg‘or loyihalar, ayniqsa, temir yo‘l transporti, mexatronika, robototexnika va energetika sohalaridagi yangiliklar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Konferensiyaning ilmiy va amaliy natijalari nafaqat mashinasozlik sohasi uchun, balki umumiy iqtisodiy va innovatsion taraqqiyot uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh kadrlarni tayyorlash va ularni global mehnat bozoriga moslab yetishtirishda bunday anjumanlarning o‘rni beqiyosdir.


Ulashish