Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Profilaktik_uchrashuv


“Halollik vaksinasi” tamoyili asosida universitet talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 15-aprel kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda korrupsiya xalqning davlatga, Konstitutsiyaga va qonunlarga ishonishiga putur yetkazishi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanishi haqida atroflicha soʻz yuritilib, talabalarga har qanday holatda ham korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz bo‘lish kerakligi uqtirildi.

Universitetda akademik halollikni ta’minlash, ta’lim jarayonlarida belgilangan me’yoriy talablarga qatʼiy rioya qilishlik kerakligi tushuntirildi. 

Ulashish