Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



#Attestatsiya


UrDUda o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya sinovlari bo’lib o’tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga asosan bugun, 21-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida malaka (test) sinovlari boshlandi.

➡️Dastlab imtihon jarayonlari oldidan mas'ul xodimlar attestatsiya jarayonlarida qatnashayotgan pedagoglar bilan uchrashib, attestatsiya jarayonlarini sifatli, adolatli, ko'chirmachiliklarsiz va shaffof o'tishligi maqsadida tushuntirish ishlari olib borishdi.

Test sinovlari markazlashgan holda kompyuterlarda real vaqt rejimida o‘tkazilib, jarayonlar shaffofligini ta‘minlash maqsadida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, mazkur test sinovlari joriy yilning 26-aprel kunigacha davom etadi.

Ulashish