Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliygohda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda


Bugun, 2-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishining 72-son bayonining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlab Respublika ishchi guruhi rahbari S.Tajibayev boshchiligidagi ishchi guruh hamda oliygoh mas'ullari ishtirokida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Shundan so’ng, ishchi guruh a’zolari Axborot-resurs markazi direktori G'.Samandarov hamrohligida markaz binosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Ulashish