Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kitob taqdimoti


Bugun, 7-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Filologiya va san'at fakulteti tashabbusi bilan kitobxonlar va talabalar doirasida kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotni Filologiya va san'at fakulteti dekani D.G'ayipov ochib berdi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, fakultet professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Kitob taqdimotida taniqli adib, jurnalist, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi O'rozboy Abdurahmonovning "Dengiz — to'la, oy — yorug'", mashhur publitsist va adib Ro'zimboy Hasanning "Osmon yaqin — yer yumshoq", hassos shoir, jurnalist va tarjimon, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Erpo'lat Baxtning Sulton Sulaymon Qonuniy devoni tarjimasi asosida chop etilgan "Devoni Muhibbiy" hamda iste'dodli shoira Zumrad Jumamurodovaning "Yomg'irxat" asarlari keng omma ixtiyoriga taqdim qilindi.

Taqdimot davomida Filologiya va san'at fakulteti professor-o'qituvchilari hamda ijodkorlar so'zga chiqib, to'plamdagi ijod namunalari, ularning yaratilishi uchun asos bo'lgan ajoyib voqea-hodisalar haqida fikr bildirishib, kitobxonlar bilan o'z tanqidiy qarashlari va fikr-mulohazalarini o'rtoqlashdilar.

Shuningdek, fakultet talaba-yoshlari ijrosidagi raqslar, sahna ko'rinishlari taqdimotga ko'tarinkilik bag'ishlab, kitoblar yaratilishini ulug' tantana sifatida qarshi olishga zamin hozirladi. Tadbir yosh kitobxonlar nigohida kitobga muhabbatning o'zgacha talqin topishida ijobiy  vazifa bajardi. 

Kitob taqdimotidan asosiy maqsad yoshlar orasida kitob mutolaasini keng targ'ib qilish va adabiyotimizning yorqin durdonalarini keng omma ixtiyoriga taqdim qilishdan iborat.

Ulashish