Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika finali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 17-20 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi Urganch davlat universitetida o‘tkazilmoqda. Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 252 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, O‘zbekiston talabalari sport assotsiatsiyasining birinchi prezidenti E.Qodirov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa‘dullayev so‘zga chiqib, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanparvarlik va jamoaviylik ruhini kuchaytirishdagi o‘rni katta ekanini ta’kidlab o‘tishdi. 

Sport musobaqalari nafaqat jismoniy salohiyatni oshirish, balki talabalarning o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qilishi qayd etildi. Bugungi kunda sportga bo‘lgan davlat e’tibori ortib borayotgani va bu kabi musobaqalar talabalarga katta rag‘bat bo‘lishini ta’kidlandi.

Ochilish marosimi yakunida musobaqa rasmiy ravishda ochiq deb e’lon qilindi va kurash bo‘yicha dastlabki bahslar boshlandi. 

Musobaqa 20-maygacha davom etadi va g‘olib jamoalar tantanali tarzda taqdirlanadi.

 

Ulashish