Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xiva shahrining yangi zamonaviy qiyofasi: Arda Xiva – xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilarini o‘z bag‘riga chorladi


30-may kuni Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari Xiva shahridagi yangi zamonaviy turistik majmua — "Arda Xiva"ga sayohat qilishdi. 

"Arda Xiva" qadimiy Xiva shahrining boy tarixiy merosi va zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etgan katta majmua sanaladi. Ushbu majmua sayyohlarga Xivaning tarixiy va madaniy boyliklari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi, shuningdek, zamonaviy qulayliklardan foydalanish imkoniyatini ham taqdim etadi. 

Olimpiada ishtirokchilari "Arda Xiva"da bo‘lib, nafaqat o‘zaro bilim almashishdi, balki O‘zbekistonning qadimiy diyorlaridan biri bo‘lgan Xivaning betakror go‘zalligi va madaniy merosi bilan yana bir bora tanishdilar.

Bu sayohat ishtirokchilar uchun ilmiy-fan va madaniy tajribaning qiziqarli uyg‘unligi bo‘lib, ularga nafaqat matematika olamidagi bilimlarini boyitish, balki Xorazmning turizm salohiyati bilan tanishish imkonini berdi.

Ulashish