Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Akademik Shavkat Ayupov UrDUda bo’ldi


Bugun matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik, fizika-matematika fanlari doktori, professor Shavkat Ayupov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida, yangi foydalanishga topshirilgan Axborot-resurs markazi oliygoh vakillari hamrohligida borib ko’rildi. 

Jumladan, professor Sh.Ayupov markazda tashkil etilgan Pekin-Urganch matematika markazi, 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali, buyuk qomusiy olimlarimizning nomi bilan atalgan oʻquv zallarida bo’lib, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchi talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, professor Sh.Ayupov O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o’zining tavsiyalari bilan o’rtoqlashdi.

Ulashish