Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlik


Urganch davlat universiteti jamoasi Xitoyning Gansu qishloq xo'jaligi universitetida bo‘lishmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova boshchiligidagi bir guruh universitet professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat bo'lgan delegatsiya a'zolari Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida mehmonlarni universitet vitse-prezidenti professor Si Huaijun rasmiy qabul qildi. Uchrashuvda  Urganch davlat universiteti vakillari bilan birga Gumanitar fanlar kolleji dekani Zhao Liping, Xalqaro ta’lim kolleji dekan o‘rinbosari Ma Xiaojie, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Xu xonim ishtirok etib, ikki oliygoh o'rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama etishdi. 

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad mazkur oliygohda talabalar o'quv va amaliyot kurslarida ishtirok etish, professor-o'qituvchilar esa malaka oshirish hamda tajriba almashishdan iboratdir.

Uchrashuvdan so'ng, UrDU delegatsiyasi Gansu qishloq xo‘jaligi universitetining muzeyi va kutubxonasi bilan yaqindan tanishdilar. 

UrDU delegatsiyasining ushbu universitetga tashrifi davom etadi.

Ulashish