Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 10-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi.  Xususan,  Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi mudiri Bozorboy Bobojanovga OAK professori diplomi topshirilib, ustozning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.

Shundan so’ng, Kengash kun tartibidan o’rin olgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning may oyida amalga oshirgan rasmiy xorijiy safarlari to‘g‘risida;
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlari va akademik mobillik dasturlarining bajarilishi to'g'risida;
Universitet qoshidagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim jarayonining borishi va o‘zaro  hamkorlik  masalalari to‘g‘risida.

Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.

Ulashish