Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU professor-o'qituvchilari Turkiyaning Chanaqqala Ŏnsekiz Mart Universitetida bo'lishdi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilarini rasmiy tashrif doirasida Chanaqqala Ŏnsekiz Mart Universiteti (Turkiya) ga tashrif buyurishdi. 
Tashrif doirasida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi hamda Filologiya va san’at fakulteti San’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Hasan Hakan Basaran bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlik, talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va kelajakdagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar. Suhbat samimiy va ochiq ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida rejalarni muhokama qilishdi.

"Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim tizimidagi o‘zaro almashinuvni kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi." - deya ta'kidlaydi ÇOMÜ matbuot xizmati. (https://elt.egitim.comu.edu.tr/arsiv/haberler/ozbekistanli-akademisyen-ve-ogrencilerden-comuye-z-r43.html)

Shuningdek, universitetimiz vakillari u yerdagi kutubxonada bo'lib,  kutubxonaning zamonaviy infratuzilmasi, elektron resurslar, ilmiy bazalar, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ulashish