Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Respublika ko‘rik-tanlovlari g'oliblarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi


Bugun Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazi tadbirlar zalida "Bu aziz Vatan barchamizniki" shiori ostida o'tkazilayotgan festival doirasida oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida tashkil etilgan respublika tanlovlari g'olib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda dastlab "Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusidagi insholar tanlovi, "Vatanni madh etib" nomli eng yaxshi videoroliklar tanlovi hamda ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan "Navoiy ziyosi" audio insholar tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi va munosib taqdirlandi. 

Maʼlumot oʻrnida, Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti 1-bosqich talabasi Dilnura Rustamova "Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, diplom va 8 mln.lik vaucher bilan taqdirlandi.

Shundan soʻng, 10-13 iyun kunlari Xorazm viloyatida oʻtkazilgan “Munozara” hamda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovlarining Respublika final bosqichi g‘oliblari eʼlon qilindi va munosib taqdirlandi. 

Shuningdek, “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichini o'tkazishda yaqindan yordam bergani uchun  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b Sardor Xodjaniyozov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Dilshod Ibadullayev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi Urganch davlat universiteti jamoasining ajoyib badiiy chiqishlari bilan yanada bayramona tus oldi.

Ulashish