Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mazmunli kun — yozgi ta'tilning samarali yechimi!


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog'lom turmush tarzi va intellektual rivojlanishiga yordam berish maqsadida turli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari o'tkazilmoqda. 

Xususan, bugun, 24-iyun kuni fakultet talaba-yoshlari ishtirokida "Men o'qigan kitob" mavzusida davra suhbati, shashka-shaxmat va stol-tennis sport musobaqalari, "Mohir qo'llar" tikuvchilik to'garagi hamda "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirlardan asosiy maqsad talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, sportga qiziqishini oshirish, kasb-hunarga mehr uyg'otish, ijtimoiy faollik, fikrlash erkinligi, sog'lom raqobat muhitini mustahkamlashga yordam berishdan iborat.

Ulashish