Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hazorasp tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi tadbirlari tashkil etildi


Yurtimizning barcha hududlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu loyiha orqali har haftaning chorshanba kunlari tuman maktablarida “Oliy taʼlim muassasasi kuni” o‘tkazilib, yoshlar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy, sport va ilmiy tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Bugun, 25-iyun kuni Hazorasp tumani “Oybek” mahallasidagi 45-son umumta’lim maktabida shaxmat-shashka musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Musobaqada tumandagi yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Intellektual o‘yinda qatnashgan yoshlar esa o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, zukkolik va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, universitetning San’at kafedrasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga yanada rang-baranglik baxsh etdi. Universitet QVZ jamoasining jonli chiqishlari esa qatnashchilar tomonidan iliq kutib olindi.

 Mahallalarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etadi.

Ulashish