Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rahbariyati Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Bugun, 26-iyun kuni Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.S.Xodjaniyazov boshchiligida barcha prorektorlarning ishtirokida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqildi. Ta’lim sifatini oshirish, talabalar amaliyotini yanada samarali tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv reja va dasturlarini yangilash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘qituvchilarning faoliyatini KPI tizimi asosida baholash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, “Kelajakka qadam” va “Dolzarb 90 kun” kabi loyihalarda faol ishtirok etish, grantlar va xalqaro loyihalarga jalb qilish hamda xorijiy tillarni o‘rganishni kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Universitet rahbariyati fakultet jamoasining taklif va muammolarini tinglab, ularni hal etishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.

Ulashish