Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda “Differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha yozgi maktab konferensiyasi” mavzusida yozgi maktab bo’lib o’tmoqda


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Dolzarb 90 kun” doirasida yozni talabalar uchun mazmunli o‘tkazish maqsadida Novosibirsk davlat universiteti hamda V.I.Romonovskiy nomidagi matematika instituti bilan hamkorlikda 3-10 iyul kunlariga mo’ljallab tashkil etilayotgan “Differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha yozgi maktab konferensiyasi” mavzusida yozgi maktab o’z ish faoliyatini boshladi. 

Dastlab yozgi maktabning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyazov hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor G’.O’razboyevlar so’zga chiqib, maktab faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi. 

Ayni paytda Novosibirsk davlat universiteti hamda V.I.Romonovskiy nomidagi matematika instituti matematik olimlari tomonidan differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha ma’ruzalar tinglanmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi yozgi maktab 10-iyulga qadar davom etadi. 

 

Ulashish