Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



QABUL_2025: URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANDI


Bugun Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni oʻz ishini boshladi.  Abituriyentlar erta tongdan imtihonga shay holatda universitetga tashrif buyurdilar. Ularni UrDU Qabul komissiyasi aʼzolari kutib olib, sinovlar haqida batafsil maʼlumot berdilar. 

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 7-13 iyul kunlari jami 15 ta bakalavriat (kunduzgi) yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Mazkur imtihonlarda ishtirok etish uchun jami 815 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.

Bugun:
Sport faoliyati: shaxmat
Sport faoliyati: badminton
Sport faoliyati: stol tennis
Sport faoliyati: kurash
Sport faoliyati: o‘gir atletika kabi yo‘nalishlarida jami 91 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda. 

Imtihonlarni adolatli va shaffof  o'tkazishni ta‘minlash maqsadida onlayn kuzatuv yo'lga qo'yildi: https://live.urdu.uz/category/10/

Ulashish