Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bitiruvchi – 2025: Urganch davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi


Bugun , 16-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan magistr hamda bakalavr bosqichi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, faxriy professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bu kun nafaqat bitiruvchilar, balki ularni ilm yo‘lida tarbiyalagan ustozlari va fidoyi ota-onalari uchun ham faxrli va hayajonli onlarga boy bo‘ldi.

Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Tadbirni UrDU rektori v.v.b S.Xodjaniyazov tabrik soʻzi bilan ochib berdi, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabrikladi. Yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to'xtalib, universitetning bugungi kundagi yutuqlari buning yaqqol dalili ekanini ta'kidladi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari A.Akramov ham ishtirok etib, tabrik nutqi bilan chiqish qildi. Shuningdek, universitet faxriy professor-o'qituvchilari X.Bobojonov va S.Masharipovalar so'zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy tabriklashdi. Shundan so‘ng, diplom topshirish marosimining asosiy qismiga start berildi. 

Ta’kidlash joizki, 2024/2025 o‘quv yilida Urganch davlat universitetini jami 6 677 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 222 nafari magistr, 6455 nafari bakalavr darajasidagi talabalardir. Bakalavriat bosqichi talabalarining 83 nafari imtiyozli diplom asosida tamomladi. 

Urganch davlat universiteti jamoasi bitiruvchi yoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

 

Ulashish