Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Bugun, 16-iyul kuni Urganch davlat universitetida rahbar xodimlar ishtirokida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy holatlarga qarshi kurashishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishga universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov raislik qildi. Unda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim va markaz boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, ochiqlik tamoyillarini ta’minlash yuzasidan so‘z yuritildi. Rektor v.v.b. S.Xodjaniyozov rahbar xodimlarni hushyorlik va ogohlikka, halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqirdi. 

Shuningdek, har bir rahbar o‘z jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi “murosasiz kurashish” tamoyiliga qat’iy amal qilish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash borasida mas’ul ekani ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida rahbarlarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Ulashish