Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti hamda Nukus davlat texnika universiteti o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi


16-iyul kuni  Nukus davlat texnika universiteti rektori B.Kaipbergenov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida oliygoh rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda olib borilgan muzokaralar natijasi o'laroq ikki tomon o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, yozgi va qishki maktablar tashkil etish hamda talabalar amaliyoti va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Shuningdek, uchrashuvda investitsion loyihalarni jalb qilishda hamkorlik qilish, IT hamda texnika va muhandislik sohalarida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Bu kelishuv ikki universitet o‘rtasida mustahkam akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilib, mintaqaviy hamkorlik doiralarini kengaytirishga turtki bo‘ladi, desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Ulashish