Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda!


Bugun, 17-iyul kuni Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida hamda BMBAning Xorazm bo‘limi binosida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

Urganch davlat universiteti jamoasi test sinovlari jarayonini tartibli va xavfsiz o‘tishi uchun mas’uliyat bilan ish olib bormoqda: abituriyentlarning kirish-chiqishi, intizom, xavfsizlik va shaxsiy buyumlarni saqlash masalalari nazorat qilinmoqda.

Shu bilan birga, farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga kelgan ota-onalar uchun universitet hududida zamonaviy, salqin va qulay kutish zonalari tashkil qilingan. Bu yerda ular test jarayonini jonli efir orqali kuzatib borishmoqda.

Ulashish