Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi


Bugun, 22-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar boshlandi.

Imtihonlar maxsus ehtiyojli yoshlar uchun qulay va maxsus moslashtirilgan sharoitlarda tashkil etildi. Abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq mutaxassislik fanlaridan  imtihon topshirdilar.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi:
Tarix yo‘nalishi; 
Yurisprudensiya yo‘nalishi; 
Psixologiya yo‘nalishi; 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi; 
Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi.

Mazkur mutaxassislik fanlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt ajratildi. 

Ertaga, 23-iyul kuni esa majburiy fanlar — matematika, tarix va ona tili va adabiyot fanlaridan yozma imtihonlar davom ettiriladi. 

Mazkur test sinovlari ko‘zi ojiz abituriyentlarning oliy ta’limga kirishida teng imkoniyatlar yaratish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish