Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti va Chanakkale Onsekiz Mart universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi


Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Chanakkale Onsekiz Mart universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Qurambayev hamda boshqa mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlik, innovatsion loyihalar va tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Chanakkale Onsekiz Mart universiteti huzuridagi Chanakkale texnoparki hamda Urganch davlat universiteti qoshidagi Xorazm innovatsion texnoparki faoliyati, mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

Tomonlar texnoparklar o‘rtasida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, startaplar, stajirovkalar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar.

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, innovatsion taraqqiyotda o‘zaro tajriba almashishni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ulashish