Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Jamoatchilik kengashining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 2025-yil 29-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Jamoatchilik kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kengash Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 86-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida universitet rektorining 242-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etildi.

Majlis universitetning birinchi prorektori D.Ibodullayev raisligida, kengash a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuvda kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
•Kengashning tashkil etilish maqsadi, asosiy vazifalari va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari;
•Universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
•Urganch davlat universitetining 2025-yilning birinchi yarmidagi moliyaviy va xo‘jalik faoliyati;
•Shuningdek, boshqa dolzarb va tashkiliy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ta’kidlash joizki, Jamoatchilik kengashi tarkibiga faqat universitet vakillari emas, balki turli sohalarda faoliyat yuritayotgan keng jamoatchilik vakillari ham jalb etilgan. Bu esa universitet hayotining ochiqligi, shaffofligi va jamiyat bilan yaqin hamkorlikda ishlashga intilayotganining yaqqol ifodasidir.


Ulashish