Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Malayziyaning nufuzli oliygohi delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun, 2-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri, hamkor Malayziya Islom fanlar universitetining Muhandislik va atrof-muhit meʼmorligi fakulteti dekani professor Nurul Syala boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyozov hamda Texnika fakulteti, xususan Arxitektura va Qurilish kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, ilmiy almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va talabalar bilan akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida Urganch davlat universitetining Malayziya oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi, shu jumladan, 2025-yil fevral oyida Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi O‘zbekiston–Malayziya ta’lim forumidagi universitet rahbariyatining faol ishtiroki alohida ta’kidlandi. Mazkur forum doirasida erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar ham ijobiy baholandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlari, malaka oshirish dasturlari, barqaror arxitektura, ekologik qurilish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ulashish