Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Yosh gidlar maktabi” o'z faoliyatini boshladi!


Xabaringiz bor, Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning turizm sohasiga qiziqishini oshirish, gidlik faoliyati boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish hamda yozgi taʻtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Yosh gidlar maktabi” dasturi yoʻlga qoʻyildi.

Bugun, 4-avgust kuni, ushbu tashabbus doirasida yosh gidlar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi mashg‘ulotlar Turizm kafedrasi mudiri, dotsent B.Ollanazarov hamda Biznes va boshqaruv kafedrasi dotsenti E.Xodjaniyazovlar tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga gidlik faoliyatining nazariy asoslari va amaliy jihatlari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Dastur ishtirokchilari turizmning mintaqaviy rivojlanishidagi o‘rni, mehmonlarni jalb etish strategiyalari, madaniy meros obidalarining targ‘iboti kabi dolzarb mavzular bo‘yicha bilim olishadi.

“Yosh gidlar maktabi” nafaqat kasbiy mahoratni oshirishga, balki yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga, milliy madaniyatimizni targ‘ib etuvchi yetuk kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.

Ulashish