Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Qovun sayli" festivaliga puxta tayyorgarlik: Urganch davlat universitetining innovatsion yondashuvi


Bugun Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tayinlangan Jumaboy O‘tamov boshchiligidagi komissiya  "Qovun sayli" festivaliga tayyorgarlik doirasida Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tomonidan namoyish etiladigan qovun va uning qayta ishlangan mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan universitet rektori v.v.b.S.Xodjaniyozov hamda professor M.Jumaniyozov hamrohligida yaqindan tanishdi.

Ko‘rgazmada fakultet olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq xildagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari taqdim etildi. Ta’kidlash joizki, bu raqam o‘tgan yildagidan ancha yuqori bo‘lib, o‘tgan yili 93 turdagi mahsulot taqdim etilgan edi.

Ko‘rgazmadagi barcha mahsulotlar o‘zining yuqori sifati, ekologik tozaligi va zamonaviy Yevropa dizaynida tayyorlangan qadoqlari bilan barchaning e’tiborini tortdi. Komissiya a’zolari mahsulotlarni yuksak baholab, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida e’tirof etdi.

Ushbu tashabbus "Qovun sayli" festivalining mazmunan boyishini ta’minlab, viloyatimiz agroinnovatsion salohiyatini namoyon etishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ulashish