Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yosh gidlar maktabi” aʼzolari amaliyotda


Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning turizm sohasiga qiziqishini oshirish, gidlik faoliyati boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish hamda yozgi taʻtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan “Yosh gidlar maktabi” dasturining talaba-yoshlari ayni kunlarda “Qovun sayli” festivalida xorijlik mehmonlarga hamrohlik qilish orqali ushbu dasturning amaliyotini oʻtashmoqda.

Talabalar tarjima xizmatlarini ko‘rsatibgina qolmay, xorijlik mehmonlarni festival davomida kuzatib borish, joylarda yo‘lko‘rsatkich bo‘lish va madaniy merosimizni tanishtirishda ham samarali faoliyat olib bormoqda.

“Yosh gidlar maktabi” nafaqat kasbiy mahoratni oshirishga, balki yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga, milliy madaniyatimizni targ‘ib etuvchi yetuk kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.

Ulashish