Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



2025-2026 o‘quv yilining boshlanishi oldidan yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Bugun, 2-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig'ilishda universitetning birinchi prorektori D.Ibadullayev, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘.Matlatipov, rektor maslahatchisi A.Shakarov hamda fakultetlarning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Unda birinchi bosqich talabalari uchun tanishuv haftaligini o‘tkazish, 2025-2026 o‘quv yilida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali rejalashtirish, universitet odob-axloq qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish va iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda talabalar tarbiyasi, yashash sharoitlari, ularning muammolari bilan doimiy ishlash, to‘garaklarga jalb qilishni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglandi.

Ulashish