Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida dastlabki mashg‘ulotlar “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi


Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida yangi o‘quv yili “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan  farqi nimada?” mavzusidagi “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda. 

Darslarda talabalar mustaqillikni qo‘lga kiritish jarayoni, uni mustahkamlashdagi mehnatlar, mamlakatimizning taraqqiyot bosqichlari va xalqaro maydondagi nufuzi haqida keng qamrovli ma’lumotlar bilan tanishtirilmoqda.

E’tiborga molik jihati shundaki, “Mustaqillik dars”lari viloyatimizning o‘z sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan insonlari, shuningdek, universitetimizning faxriy professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Ulashish