Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Al-Xorazmiy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi


12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Al-Xorazmiy universiteti ijrochi direktori M. Islomov hamda universitet vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, rektor v.v.b. S. Xodjaniyozov boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan rasmiy muloqot o‘tkazdilar. Suhbat davomida har ikki oliygohning ilmiy, ta’limiy va amaliy imkoniyatlari xususida fikr almashildi. 

Mazkur uchrashuv yakunida universitetlar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ta’lim sohasida nazariy va amaliy bilimlarni almashish, tajribali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va seminarlarni tashkil etish, ilmiy sohada hamkorlik qilish, shuningdek, birgalikda ilmiy konferensiyalar, seminar va simpoziumlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.

Ushbu memorandum kelgusida har ikki oliygohning hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shiladigan hissani kengaytirishga xizmat qiladi.

Ulashish