Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi


Bugun, 26-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda  yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini topish va ish bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari Mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Dastlab yarmarkaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Birinchi prorektori D.Ibadullayev tomonidan talaba-yoshlarga mazkur Mehnat yarmarkasining imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi.

Yarmarkada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining barcha tumanlardagi bo‘limlari o‘zining 4 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, Kasbiy koʻnikmalar markazlari oʻz koʻrgazmalari bilan ishtirok etdi.  Bitiruvchilarga turli soha va yo‘nalishlarda ishga joylashish imkoniyatlari yaratildi. 

Tadbir universitet bitiruvchilari yoshlar uchun o‘z salohiyatini namoyish etish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lish va ishga joylashish uchun zamin yaratdi.

Ulashish