Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Millat fidoyisi” kitobi: ma’naviyat, tarix va xotira uyg‘unligi


Bugun viloyatimiz bo‘ylab Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari ishtirokida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Millat fidoyisi” kitob-albomi taqdimoti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham tashkil etildi.

Mazkur kitob-albomda yurtimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi tarixiy jarayonlari, erkinlik sari intilgan xalqimizning matonati, istiqlol ne’matlarining hayotimizdagi o‘rni hamda bu yo‘lda fidokorona jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasi chuqur yoritib berilgan.

Taqdimotda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi X.Oʻrinov,  Ma’naviyat targ‘ibotchisi O.Saparboyev hamda “Begi Do‘st” taxallusi bilan ijod qilayotgan taniqli shoir B.Usmonov kitobning mazmun-mohiyati, uning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berishdi.

Tadbir davomida kitobda aks etgan tarixiy dalillar, badiiy-obrazli ifodalar, fidoiy insonlar hayoti misolida bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.

“Millat fidoyisi” — bu faqatgina kitob emas, balki Vatan uchun jonini fido qilgan fidoyilar xotirasiga qo‘yilgan ma’naviy yodgorlikdir.

Ulashish