Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Litsey va texnikumlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov rahbarligida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Atajonov bilan birgalikda hududiy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida Urganch shahar 1-son politexnikum, Xorazm Qurilish va kommunal xoʻjaligi texnikumi, Urganch tumani 3-son politexnikum hamda Urganch davlat universiteti huzuridagi 2-son akademik litseyning mavjud sharoitlari, isitish tizimlari, energetika va xo‘jalik infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida mas’ullarga kuz-qish mavsumini samarali va xavfsiz o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ulashish