Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ustozlarga hurmat – ezgu an’ana


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida universitet rahbariyati bir guruh faxriy professor-o‘qituvchilar, Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari bilan uchrashdi.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning ta’lim-tarbiyadagi yuksak xizmatlari alohida e’tirof etildi. Samimiy muloqot, iliq suhbatlar asnosida o‘qituvchilarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom yana bir bor tilga olindi.

Talaba-yoshlar ustozlarga bag‘ishlab she’r va qo'shiqlar aytishdi, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirishdi. Bayram munosabati bilan ustozlarga universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Bayramingiz qutlug' bo'lsin, aziz ustozlar!

Ulashish