Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU akademik litseyida bepul xorijiy til darslari boshlandi


Migratsiya agentligining Xorazm viloyati filiali hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  hamkorligida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tashkil etilgan bepul xorijiy til kurslari o‘z faoliyatini boshladi.

Darslar UrDU akademik litseyi negizida tashkil etilib, tajribali chet tili o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Ishtirokchilar ingliz, nemis, fransuz va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘rganish orqali xorijda qonuniy mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Ushbu tashabbus fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning xorijda munosib mehnat faoliyati yuritishiga ko‘maklashish hamda til o‘rganish madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Darslar UrDU akademik litseyi binosida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Ulashish