Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta’lim muassasalarining Talabalar teatr studiyalari festivali start oldi!


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida Talabalar teatr studiyalari festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari ilgari surilgan edi. Bu festival 3 bosqichda, ya’ni fakultetlararo saralash, oliy ta’lim muassasalariaro saralash hamda hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilishi belgilab berilgan. Shu asosda Urganch davlat universitetida 2020 yil 24 oktabr kuni Talabalar teatr studiyalari festivalining fakultetlararo saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda universitetning 6 ta fakulteti jamoalari ishtirok etdi:

1.Jismoniy madaniyat fakultetining “Madaniyat” jamoasi
2.San’atshunoslik fakultetining “Sayqal” jamoasi
3.Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Tafakkur” jamoasi
4.Filologiya fakultetining “Shiddat” jamoasi
5.Pedagogika fakultetining “Ziyo” jamoasi
6. Tabiiy fanlar fakulteti “Nihol” jamoasi


Fakultetlararo saralash bosqichida jamoalar oldindan tayyorlagan sahna ko‘rinishlari bilan o‘z iqtidori va aktyorlik mahoratini, sahna madaniyatini namoyish qilgan holda o‘zaro bellashdilar.
Jamoalar chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan 5 ballik sistemada baholanib, San’atshunoslik fakultetining “Sayqal” jamoasi g‘olib deb topildi va oliy ta’lim muassasalariaro bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazildi va pandemiya sharoitini inobatga olib, onlayn namoyish etildi.

Ulashish