Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU rektori Turkiyaning O`rta Sharq Texnika universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashdi


Joriy yil 2-mart kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev va O`zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasi konsuli A.Razzaqovlar dunyoning eng nufuzli Top 1000 taligidan o'rin olgan  Turkiyaning O`rta Sharq Texnika universiteti vitse-prezidenti professor Mehmet T. Zeyrek bilan uchrashdilar. 

Uchrashuvda universitetlar o`rtasida ilmiy tadqiqot va ta`lim sohasida hamkorlik qilish, qo`shma ta`lim dasturlari tashkil etish, talaba va professor-o`qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib borildi.

Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev O`zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasiga ushbu uchrashuv tashkil qilgani uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ulashish