Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet rektori g'oliblarni taqdirladi


2021-yil 30-aprel kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Majlis universitet rektori raisligida, kengash a`zolari ishtirokida o`tkazildi. 
Kengash o`z ishini an`anaga muvofiq, quvonchli xushxabar bilan boshladi.  Universitet rektori B.Abdullayev Pedagogika fakultetining sportchi talabalariga, jumladan  Sportning “Usmonov Kombat systems” turi bo`yicha o`tkazilgan O`zbekiston chempionati musobaqasining Nokdaun yo`nalishi sovrindori Yuldoshev Javlonbek, sportning suzish turi bo`yicha  O`zbekiston chempionati sovrindori Shavkatov Jaloladdin, Komilov Umidjonlarga  O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Diplomlarini topshirdi.
 
Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan yoshlarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va eng bilimlilarini munosib taqdirlash maqsadida o`tkazilgan  “Chet tili bilimdonlari” tanlovida ishtirok etib, respublika bo`yicha 1-o`rinni egallagan Xorijiy filologiya fakulteti o`qituvchisi Jasurbek Nurmetovga DTM tomonidan taqdim etilgan Sertifikatni universitet rektori B.Abdullayev o`z egasiga topshirdi.
 
Shundan so`ng, Kengash majlisi kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`z ishini davom qildirdi.

Ulashish