Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi Zaribboy Do`simov tavalludining 75 yilligiga bag`ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi


Dunyodagi eng eʼzozli, ehtirom va eʼtiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi ulug` kasb egasi, O`zbek tilshunosligi sohasida viloyatimizda  o`ziga xos ilmiy-pedagogik  maktab yarata olgan fidoyi inson, Filologiya fanlari doktori, professor Zaribboy Do`simov  tavalludining 75 yilligi hamda ilmiy-pedagogik  faoliyatining 55 yilligiga bag`ishlab, 2021-yil 7-may kuni Filologiya fakultetida “Ustozga ehtirom” mavzusida uchrashuv o`tkazildi.
 
Uchrashuvda  ustozning  kasbdosh do`stlari, fakultetning professor-o`qituvchilari, shogirdlari hamda 1-kurs talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirni Filologiya fakulteti dekani, f.f.n., dots. D.G`ayipov o`z tabrik so`zi bilan ochib berib, uchrashuvga raislik qildi.
Uchrashuvda ustozning  kasbdosh do`sti, “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, f.f.d. Saparboy Ro`zimboyev “Salohiyatli olim va yetuk tashkilotchi” mavzusida so`zga chiqib, universitet hayotiga ustoz bilan birgalikda kirib kelishlari, pedagogik faoliyatlari, ilmiy yutuqlari shuningdek, O`zbek tilshunosligi xususan, Onomastika sohasining  rivojlanishida ustozning beqiyos o`rnini alohida ta`kidladi. 
 
Tadbir davomida Z.Do`simovning shogirdlari “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. M.Tillayeva, ushbu kafedraning mudiri, f.f.n., dots. A.Primov hamda  PhD Q.Olloyorovlar so`zga chiqib, ustozning hayoti va ilmiy faoliyati, olib borgan tadqiqotlari, ustoz-shogird an`analari,  jamoada ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yо‘lidagi xizmatlari haqida gapirib, o`z dil izhorlari, samimiy tilak va istaklarini bildirdilar.
 
 
Uchrashuvga talabalar tomonidan aytilgan ustozni ulug`lovchi, ibratli  she`rlar o`zgacha kayfiyat bag`ishladi.  
 
Tadbir so`nggida talabalar o`zlarining qiziqtirgan barcha  savollariga Z.Do`simovdan javoblar olishdi.

Ulashish